Shartlarga o‘tish
Qarz Daftari
Bosh sahifa Maxfiylik Yordam

Huquqiy hujjat

Foydalanish shartlari

Kuchga kirish sanasi: 6-iyul, 2026-yil

Mundarija Xizmat maqsadi Foydalanuvchi mas’uliyati Noto‘g‘ri foydalanish Xizmat mavjudligi Aloqa

Xizmat maqsadi

Qarz Daftari shaxsiy qarzlar, kontaktlar, to‘lovlar va tegishli tarixni foydalanuvchi uchun tartibli yuritishga yordam beradigan hisob vositasidir.

Qarz Daftari kredit yoki mikroqarz bermaydi, qarz beruvchi bilan qarz oluvchini bog‘lamaydi, qarz undirish xizmatini ko‘rsatmaydi va moliyaviy, yuridik yoki investitsion maslahat bermaydi.

Foydalanuvchi mas’uliyati

Foydalanuvchi ilovaga kiritgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, qonuniyligi va ulardan foydalanish uchun o‘zi javobgar. Boshqa shaxsning telefon raqami yoki ma’lumotini kiritishda amaldagi talablar va shaxsning maxfiyligini hurmat qilish kerak.

Ilovadagi hisob-kitoblar foydalanuvchi kiritgan yozuvlarga asoslanadi va mustaqil yuridik dalil yoki professional moliyaviy xulosa hisoblanmaydi.

Xizmatdan noto‘g‘ri foydalanmaslik

Quyidagi harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • xizmat xavfsizligini buzishga urinish;
  • boshqa foydalanuvchi accountiga ruxsatsiz kirish;
  • noqonuniy, firibgarlik yoki zararli faoliyat;
  • API yoki xizmatga ataylab ortiqcha yuk berish;
  • maxfiy token yoki sessiyani boshqa shaxsga berish.

Xizmat mavjudligi va o‘zgarishlar

Xizmatni barqaror saqlashga harakat qilamiz, ammo uzluksiz yoki mutlaq xatosiz ishlash kafolatlanmaydi. Xavfsizlik, texnik xizmat yoki funksional yangilanish sababli ayrim imkoniyatlar vaqtincha cheklanishi mumkin.

Shartlar xizmat yoki qonuniy talablar o‘zgarganda yangilanishi mumkin. Amaldagi versiya shu sahifada e’lon qilinadi.

Maxfiylik va accountni o‘chirish

Ma’lumotlarni qayta ishlash haqida Maxfiylik siyosati, accountni o‘chirish haqida esa o‘chirish yo‘riqnomasi orqali bilib olishingiz mumkin.

Aloqa

support@qarzdaftari.com.uz

Кратко на русском языке

Qarz Daftari — инструмент личного учёта долгов, контактов и платежей. Сервис не выдаёт кредиты, не предоставляет финансовые консультации и не является посредником между кредитором и заёмщиком.

Пользователь отвечает за точность и законность введённых им данных и не должен использовать сервис для незаконных, мошеннических или вредоносных действий. Вопросы можно отправить на support@qarzdaftari.com.uz .

© 2026 Qarz Daftari Maxfiylik siyosati · Accountni o‘chirish · Yordam