Siyosat matniga o‘tish
Qarz Daftari
Bosh sahifa Yordam Bog‘lanish

Huquqiy hujjat

Qarz Daftari maxfiylik siyosati

Kuchga kirish sanasi: 4-iyul, 2026-yil

O‘zbekcha Русский
Mundarija Ilovaning maqsadi Saqlanadigan ma’lumotlar Foydalanish maqsadi Uchinchi tomonlar Eksport fayllari Saqlash va o‘chirish Xavfsizlik Aloqa

Ushbu maxfiylik siyosati Qarz Daftari mobil ilovasi foydalanuvchi ma’lumotlarini qanday yig‘ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi.

Ilovaning maqsadi

Qarz Daftari foydalanuvchining shaxsiy qarzlari, kontaktlari, to‘lovlari va tegishli yozuvlarini yuritish uchun mo‘ljallangan. Ilova kredit yoki mikroqarz bermaydi va moliyaviy maslahat ko‘rsatmaydi.

Saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar

Ilovadan foydalanishga qarab quyidagilar qayta ishlanishi mumkin:

  • Telegram account identifikatori, profil nomi va accountni ulash uchun kerak bo‘lgan sessiya identifikatorlari;
  • ilova tili, standart valyuta, vaqt mintaqasi va eslatma kabi foydalanuvchi sozlamalari;
  • foydalanuvchi kiritgan kontakt nomi va ixtiyoriy telefon raqami;
  • qarz summasi, valyuta, yo‘nalish, sana, muddat va izoh;
  • to‘lovlar va qarz holati tarixi;
  • foydalanuvchi so‘rovi bilan yaratilgan eksport fayllari;
  • xizmat xavfsizligi va diagnostika uchun cheklangan texnik loglar, so‘rov identifikatorlari va xatolik ma’lumotlari.

Ma’lumotlardan foydalanish

Ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • accountni yaratish, ulash va boshqarish;
  • qarzlar, kontaktlar va to‘lovlarni qurilma bilan server o‘rtasida sinxronlashtirish;
  • balans, tarix va eslatmalarni ko‘rsatish;
  • foydalanuvchi so‘ragan eksport faylini tayyorlash;
  • sessiyalarni himoya qilish, suiiste’molning oldini olish va texnik muammolarni aniqlash.

Ma’lumotlar reklama profili yaratish, foydalanuvchini kuzatish yoki uchinchi tomonlarga sotish uchun ishlatilmaydi.

Uchinchi tomon xizmatlari

  • Telegram — accountni deep-link orqali ulash va foydalanuvchini tasdiqlash uchun;
  • Google Play — ilovani tarqatish, yangilash va platforma xavfsizligi uchun;
  • hosting va API infratuzilmasi — foydalanuvchi ma’lumotlarini saqlash, sinxronlashtirish va ilova funksiyalarini bajarish uchun.

Bu xizmatlar o‘z siyosatlari va qonuniy majburiyatlari asosida ayrim texnik ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin.

Eksport fayllari

Eksport faqat foydalanuvchi so‘rovi bilan yaratiladi. Tayyor faylda kontaktlar, qarzlar yoki to‘lovlar bo‘lishi mumkin. Fayl qurilmaga yuklangach yoki boshqa ilovaga ulashilgach, undan xavfsiz foydalanish foydalanuvchining nazoratiga o‘tadi.

Account ilova ichidan o‘chirilganda Qarz Daftari vaqtinchalik export cache papkasini ham tozalashga urinadi. Oldin ulashilgan, nusxalangan yoki saqlangan fayllar avtomatik o‘chirilmaydi.

Ma’lumotlarni saqlash va o‘chirish

Foydalanuvchi ilovadagi Sozlamalar → Login va xavfsizlik → Accountni o‘chirish bo‘limida DELETE tasdig‘ini kiritib accountini o‘chirishi mumkin. Bunda faol bazadan quyidagilar o‘chiriladi:

  • account va Telegram bilan bog‘langan identity;
  • kontaktlar va telefon raqamlari;
  • faol, yopilgan va bekor qilingan qarzlar;
  • to‘lovlar va tarix;
  • sozlamalar, eslatmalar va barcha server sessiyalari.

To‘liq yo‘riqnoma: accountni o‘chirish sahifasi. Ilovaga kira olmagan foydalanuvchi support@qarzdaftari.com.uz manziliga murojaat qilishi mumkin. Account egasi ekanini tasdiqlash talab qilinadi.

Faol bazadan o‘chirilgan ma’lumotning xavfsizlik va avariya tiklash uchun ajratilgan backup nusxasi 14 kungacha saqlanishi mumkin. Muddati tugagach nusxa avtomatik yo‘q qilinadi. Oddiy logout accountni o‘chirmaydi.

Xavfsizlik

  • ilova va API o‘rtasidagi aloqa HTTPS orqali shifrlanadi;
  • access va refresh tokenlar qurilmaning secure storage mexanizmida saqlanadi;
  • serverdagi yozuvlar foydalanuvchi bo‘yicha ajratiladi;
  • sessiyalar bekor qilinishi va yangilanishi mumkin.

Hech bir tizim mutlaq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, ammo amaliy texnik va tashkiliy himoya choralari qo‘llanadi.

Bolalar maxfiyligi

Qarz Daftari bolalar uchun mo‘ljallanmagan va 18 yoshga to‘lmagan bolalardan ataylab shaxsiy ma’lumot yig‘ishga qaratilmagan.

Siyosatdagi o‘zgarishlar

Siyosat ilova yoki qonuniy talablar o‘zgarganda yangilanishi mumkin. Yangi versiyada kuchga kirish sanasi ko‘rsatiladi.

Aloqa

Maxfiylik, account yoki ma’lumotlarni o‘chirish bo‘yicha savollar:

support@qarzdaftari.com.uz
© 2026 Qarz Daftari Accountni o‘chirish · Yordam · Foydalanish shartlari